AsosiyDunyo

Qirgʻizistonda Haj kvotasi roʻyxatga olish tizimi ochilganidan soʻng bir soatda toʻldi

Roʻyxatga olish varaqalari tez toʻldirilgani uchun toʻlovlarni qabul qilish toʻxtatilgan.

'Qirgʻizistonda Haj kvotasi roʻyxatga olish tizimi ochilganidan soʻng bir soatda toʻldi'ning rasmi

Qirgʻizistonda 2026 yilgi Hoj kvotasi roʻyxatga olish tizimi ochilganidan soʻng bir soat ichida toʻldi. Bu haqda Qirgʻiziston musulmonlari diniy idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, Hoj ziyoratiga borish istagida boʻlganlardan hujjatlarni qabul qilish kecha, 23 sentyabr kuni boshlangan va kvota toʻldirilgani sababli atigi bir soatdan keyin yopilgan.

“Roʻyxatga olish varaqalari tez toʻldirilgani uchun toʻlovlarni qabul qilish toʻxtatildi. Bu kvotaning tugab boʻlganini anglatadi”,— deydi diniy tashkilot vakili Maqsad Otaboyev.

Uning aniqlik kiritishicha, joriy yilda 6000 ta oʻrin ajratilgan va 2600 kishi avvalgi kvota boʻyicha navbatlar roʻyxatida qolgani bois ular birinchi boʻlib ruxsatnoma olgan. Qolgan 3400 ta oʻrin uchun roʻyxatdan oʻtish eʼlon qilingan edi va u bir soat ichida yopildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 19:35

    'Isroillik olimlar qarishni sekinlashtiruvchi immun hujayrasini topdi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 17:09

    Isroillik olimlar qarishni sekinlashtiruvchi immun hujayrasini topdi

    Tadqiqotchilar organizmda qarigan hujayralarni aniklab, yo‘q qilishga yordam beradigan CD4-Eomes Hujayrasini kashf qildi.

    'Zelenskiy AQSh bilan yangi tinchlik rejasi ustida ishlashga rozi boʻldi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 14:31

    Zelenskiy AQSh bilan yangi tinchlik rejasi ustida ishlashga rozi boʻldi

    Ukraina prezidenti V. Zelenskiy AQSh armiyasi vakili bilan uchrashuvda urushni yakunlash bo‘yicha rejani tezroq imzolashga kelishib oldi.

    'Kim Chen In Kangvondagi yangi GESni ishga tushirdi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 10:35

    Kim Chen In Kangvondagi yangi GESni ishga tushirdi

    Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Kanvon provinsiyasida barpo etilgan "Armiya va xalq" nomli yangi gidroelektr stansiyasining ochilish marosimida ishtirok etdi.

    'Trump "qora shahzoda"dan yana 1,5 trln dollar soʻradi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 09:33

    Trump "qora shahzoda"dan yana 1,5 trln dollar soʻradi

    AQSh prezidenti Saudiya investitsiyalarini keskin oshirish taklifini bildirdi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 20.11.2025 19:30