Prezident Mirziyoyev Nyu-Yorkdagı nutqida BMTning global muammolarni hal qilishdagı roli, Yangi O‘zbekistondagı ortga qaytmas islohotlar va mintaqaviy hamkorlik masalalariga alohida e‘tibor qaratdi.
Uning AQSh Prezidenti Donald Trump bilan uchrashuvi esa tashrifning markaziy voqeasi bo‘ldi — tomonlar strategik sheriklikni mustahkamlashga kelishib oldilar.
Bundan tashqari, Prezident BMT Bosh kotibi António Guterresh va boshqa bir qator davlat va xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashdi. Shuningdek, amerikalik yirik investorlar va kompaniyalar ishtirokida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida O‘zbekistoning iqtisodiy islohotlari va sarmoyaviy imkoniyatlari namoyon etildi.
Tashrif doirasida muhim minerallar, kimyo sanoati, aviatsiya va energetika sohalaridagi kelishuvlar imzolandi. Prezident Mirziyoyev, an‘anaga ko‘ra, AQShdagı o‘zbekistonliklar va "El-yurt umidi" stipendiatlari bilan ham mulogot o‘tkazdi.
Tashrif yakunlangach, Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentga jo‘nab ketdi.