AsosiyJamiyat

6 mlrd so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi dorilar kontrabandasiga chek qo‘yildi

Fargʻonada chegarachilar va DXX xodimlari yirik miqdordagi dorilarni noqonuniy olib oʻtishga urinishni fosh qildi.

'6 mlrd so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi dorilar kontrabandasiga chek qo‘yildi'ning rasmi

Quvasoy shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qirg‘izistondan kontrabanda yo‘li bilan keltirilgan 7 qutida 53 mingdan ortiq “Regapen” va 20 ming dona “Zardeks” dorilari topildi.

Ularning umumiy qimmati 6 mlrd so‘mdan ziyod ekani aniqlandi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan ish qo‘zgatildi. Hozirda dorilarning egalarini aniklash bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar