Bugun, 25 sentabr kuni soat 13:51 da Toshkent shahar, Chilanzor tumani Beshqo‘rgon ko‘chasida shaxsiy xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar FVB axborot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 13:54 da voqea joyiga etib borib, hozirda yong‘in o‘chirish ishlari olib borilmoqda.
Vaziyat Toshkent shahar FVB tomonidan to‘liq nazoratga olingan.
“Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar to‘g‘risida xabar tushmadi”,— deyiladi xabarda.






