AsosiySPORT

"Navbahor" jamoasi bosh murabbiyi lavozimidan ozod qilindi

Bunga jamoadning O‘zbekiston Superligasi 22-turidagi “Buxoro” klubiga qarshi yirik hisobdagi mag‘lubiyat sabab bo‘lgan.

O‘zbekiston Superligasi 22-turidagi “Buxoro” klubiga qarshi yirik hisobdagi mag‘lubiyatdan so‘ng “Navbahor” jamoasi rahbariyati bosh murabbiy Sergey Lushanni lavozimidan ozod qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, 52 yoshli mutaxassis 2024 yilning yozida Samvel Babayannig iste’fosidan so‘ng “Navbahor” klubi bosh murabbiyi sifatida tayinlangan. Shundan so‘ng, Namangan klubi bilan O‘zbekiston kubogi final bosqichiga chiqib, finalda “Andijon”ga imkoniyatni boy bergan.

"Biz Sergey Ivanovichga “Navbahor”dagI faoliyati uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildirgan holda, keyingi faoliyatida omad yor bo‘lishini tilaymiz”, deyiladi klub xabarida. 

Qayd etish joiz, Sergey Lushan Buxoroda uchrashgan yirik hisobdagi mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z futbolchilaridan norozi ekanligini va ayrim futbolchilarning harakatlari shubhali tuyilgani haqida gapirgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O'zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatida ishtirok etadigan yakuniy tarkibi e'lon qilindi'ning rasmi

    SPORT 02.06.2026 10:09

    O'zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatida ishtirok etadigan yakuniy tarkibi e'lon qilindi

    O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etadigan 26 nafar futbolchidan iborat yakuniy ro‘yxatni ma’lum qildi.

    ''ning rasmi

    SPORT 02.06.2026 06:31

    'O'zbekiston terma jamoasi o'rtoqlik uchrashuvida Kanadaga mag'lub bo'ldi'ning rasmi

    SPORT 02.06.2026 03:19

    O'zbekiston terma jamoasi o'rtoqlik uchrashuvida Kanadaga mag'lub bo'ldi

    Har ikki jamoa raqib jarima maydonchasi atrofida xavfli vaziyatlar yaratishga harakat qildi.

    'Yuventus Realnybyu yarim himoyachisiga qiziqmoqda'ning rasmi

    SPORT 30.05.2026 10:09

    Yuventus Realnybyu yarim himoyachisiga qiziqmoqda

    Realning yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga Italiyaning Yuventus transfer ro‘yxatidan joy oldi.

    '“Real Madrid” dunyoning eng qimmat klubi deb topildi'ning rasmi

    SPORT 29.05.2026 15:47

    “Real Madrid” dunyoning eng qimmat klubi deb topildi

    “Forbes” jurnali dunyodagi eng qimmat futbol klublari reytingini e’lon qildi.

    'Superkompyuter O'zbekistonning JChdagi imkoniyatlarini baholadi'ning rasmi

    SPORT 25.05.2026 08:51

    Superkompyuter O'zbekistonning JChdagi imkoniyatlarini baholadi

    “Opta” superkompyuteri AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok etuvchi terma jamoalarning imkoniyatlarini baholadi.