AsosiyDunyo

Fransiya sobiq prezidenti jinoyiy fitnada ishtirok etgan

Bu ishda Sarkozidan tashqari yana 11 kishi, jumladan hukumatning sobiq aʼzolari ham bor.

'Fransiya sobiq prezidenti jinoyiy fitnada ishtirok etgan'ning rasmi

Paris sudi bugun, 25 sentabr kuni Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozini saylovoldi kampaniyasini moliyalashtirish bilan bog‘liq ish bo‘yicha Liviya rasmiylari bilan jinoyiy til birlashtirishda aybdor deb topdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Sarkozi Liviyaning marhum rahbari, polkovnik Muammar Qazzofiyadan millionlar noqonuniy mablag‘larni olish bilan bog‘liq ish bo‘yicha jinoyiy til birlashtirishda aybdor deb topilgan.

Sud Sarkozini 2005-2007 yillardagi “jinoyiy fitnada ishtirok etish”da aybdor deb topdi, biroq uni davlat mablag‘larini o‘g‘irlash va passiv korrupsiyada oqladi.

Prokurorlar Sarkoziga 7 yillik qamoq jazosi, 300 ming yevro jarima va davlat lavozimlarida ishlash huquqidan 5 yilga man etishni so‘ragan edi. U besh yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Hukm u apellyatsiya bergan taqdirda ham qamoqda o‘tirishini bildiradi. Hukm ko‘pchilik kutganidan qattiqroq bo‘ldi va zamonaviy Fransiyaning siyosiy tarixida birinchi bo‘ldi.

Bu ishda Sarkozidan tashqari yana 11 kishi, jumladan hukumatning sobiq a’zolari ham bor.

Sarkozining sobiq apparat rahbari Klod Gean (u uchun bu birinchi sudlanganlik emas) 500 ming yevro olganlik uchun passiv korrupsiya, shuningdek, hujjatlarni qalbakilashtirish va “ta’sir o‘tkazish”da aybdor deb topildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 19:35

    'Isroillik olimlar qarishni sekinlashtiruvchi immun hujayrasini topdi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 17:09

    Isroillik olimlar qarishni sekinlashtiruvchi immun hujayrasini topdi

    Tadqiqotchilar organizmda qarigan hujayralarni aniklab, yo‘q qilishga yordam beradigan CD4-Eomes Hujayrasini kashf qildi.

    'Zelenskiy AQSh bilan yangi tinchlik rejasi ustida ishlashga rozi boʻldi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 14:31

    Zelenskiy AQSh bilan yangi tinchlik rejasi ustida ishlashga rozi boʻldi

    Ukraina prezidenti V. Zelenskiy AQSh armiyasi vakili bilan uchrashuvda urushni yakunlash bo‘yicha rejani tezroq imzolashga kelishib oldi.

    'Kim Chen In Kangvondagi yangi GESni ishga tushirdi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 10:35

    Kim Chen In Kangvondagi yangi GESni ishga tushirdi

    Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Kanvon provinsiyasida barpo etilgan "Armiya va xalq" nomli yangi gidroelektr stansiyasining ochilish marosimida ishtirok etdi.

    'Trump "qora shahzoda"dan yana 1,5 trln dollar soʻradi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 09:33

    Trump "qora shahzoda"dan yana 1,5 trln dollar soʻradi

    AQSh prezidenti Saudiya investitsiyalarini keskin oshirish taklifini bildirdi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 20.11.2025 19:30