AsosiyJamiyat

Bugun harorat 33 daraja issiq bo'ladi

27 sentabr kungi ob-havo ma'lumotlari e'lon qilindi.

'Bugun harorat 33 daraja issiq bo'ladi'ning rasmi

“O‘zgidromet” ma’lumotiga ko‘ra, 27 sentyabr kuni mamlakat bo‘yicha havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi. Toshkent, Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo hamda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tog‘li hududlarda ham havo yog‘insiz bo‘ladi.

Shamol asosan sharqdan esadi, tezligi 3–12 m/s atrofida bo‘lib, ayrim joylarda 10–12 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Kechasi havo harorati respublika bo‘yicha 10–17 daraja iliq, tog‘li hududlarda 10–15 daraja iliq bo‘ladi. Kunduzi Toshkentda 28–30 daraja, Samarqand, Jizzax va Sirdaryoda 26–31 daraja, Farg‘ona vodiysida 25–30 daraja, Qashqadaryo va Surxondaryoda 28–33 daraja, Buxoro va Navoiyda 27–32 daraja, Qoraqalpog‘iston va Xorazmda 25–30 daraja iliq bo‘lishi kutilmog‘da. Tog‘li hududlarda esa 20–25 daraja iliq bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar