AsosiyJamiyat

Toshkentda 5 kishi liftda qolib ketdi

Fuqarolar sogʻ-salomat qutqarildi, ammo hozircha liftning nosozlik sabablari ochiqlanmadi.

'Toshkentda 5 kishi liftda qolib ketdi'ning rasmi

FVV lift ichida qolib ketgan 5 nafar fuqaroni sog‘-salomat qutqarib olganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, kecha, 26 sentyabr kuni Chilonzor tumani "Bunyodkor" ko‘chasida joylashgan binolarning birida lift ichida 5 nafar fuqaro qolib ketgan. Ulga amaliy yordam kerakligi to‘g‘risida tashvishli xabar soat 10:49 da Toshkent shahar FVBga "112" tizimi orqali kelib tushgan.

Mazkur xabarga ko‘ra, zudlik bilan aytilgan manzilga FVV qutqaruvchilari yetib borgan va maxsus asbob-anjomlar yordamida lift ichida qolib ketgan fuqarolar sog‘-salomat qutqarilgan.

    Boshqa yangiliklar