AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida bolalarning ommaviy zaharlanishi bo‘yicha 7 kishi qamoqqa olindi

5 ta MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan sanitariyaga oid qonunchiligini buzish holati yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov boshlandi.

'Toshkent viloyatida bolalarning ommaviy zaharlanishi bo‘yicha 7 kishi qamoqqa olindi'ning rasmi

2025 yil 24 sentabr kuni Toshkent viloyatidagi ayrim maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari bilan bog‘liq zaharlanish holati kuzatildi.

O‘rta Chirchiq tumani va Nurafshon shahri ijtimoiy-siyosiy nashri – "Mash’al" gazetasining telegram kanalida ma’lum qilinishicha, muassasalarni "GOVERNESS BUSINESS", “KINDER GARDEN GROUP” MChJlari oziq ovqat mahsuloti hamda “SHARK MILK PRODUCT” MChJ sut mahsuloti bilan ta’minlashi aniqlandi.

Ushbu MChJlar Toshkent, O‘rtachirchiq, Qibray, Yangiyo‘l, Bo‘stonliq va Zangiota tumanlari, Chirchiq, Nurafshon va Yangiyo‘l shaharlaridagi maktabgacha ta’lim muassasalariga ham autsorsing xizmatini ko‘rsatib kelgan.

2025 yil 25 sentabrda Toshkent viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan 5 ta MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan sanitariyaga oid qonunchiligini buzish holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi 1-qismi (sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiya qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga kirishildi. MChJlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yuzasidan hujjatli tekshirish tayinlandi.

Jinoyat ishi bo‘yicha "GOVERNESS BUSINESS" MChJ rahbari, “Kinder Garden Group” MChJ direktori, “Innovation Outsourcing Service” MChJ rahbari va ta’sischi, “Nishon invest” MChJ direktori, “SHARK MILK PRODUCT” MChJ direktori, ta’sischi va sotuv bo‘limi menejerlari jami 7 nafar shaxslar protsessual tartibda ushlandi.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari Toshkent viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan davom ettirilmogda.

    Boshqa yangiliklar