AsosiyJamiyat

Mubashshir Ahmadning sudi yana boshqa kunga qoldirildi

Sudning 29 sentabrgа belgilangan majlisi 2 oktabrgа ko‘chirildi.

'Mubashshir Ahmadning sudi yana boshqa kunga qoldirildi'ning rasmi

Bugun, 29 sentyabr kuni Toshkent shahar Uchtepa tumani jinoyat sudida diniy blogger va “Azon Global” portali asoschisi Mubashshir Ahmad (asl ismi Alisher Tursunov)ning navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tishi kerak edi. Biroq, bu majlis yana boshqa kunga – 2 oktyabr, soat 16:00 ga qoldirildi. Bu haqda “Azon Global” portali xabar berdi.

Sud majlisining nima uchun qoldirilgani yuzasidan rasmiy izoh berilmaganicha yo‘q. Bu esa sud jarayonining navbatdagi kechiktirilishi bo‘lib, Tursunovning ishi bo‘yicha bunday holat birinchi marta kuzatilmayapti.

Ma’lumot uchun, unga Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi materiallar bilan ishlash) va 244-3-moddasi (diniy materiallarni qonunga xilof tarzda tarqatish) bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgan va u qamoqqa olingan.

Avvalroq, 18 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida davlat ayblovchisi Mubashshir Ahmadga 7 yil ozodlikdan mahrum etish jazosini so‘ragan edi. Sud jarayonlari davom etmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:09

    Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi

    Jinoiy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi Shahzod Rismatovga hukm o‘qidi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:02

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 19:31

    'Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 16:27

    Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

    Markaziy bank 24 noyabr kuni uchun belgilangan yangi valyuta kurslarini e'lon qilindi.

    'Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 15:41

    Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi

    Havodagi PM2.5 va PM10 miqdori oshgan sharoitda yo'llarni namlash shahardagi ikkilamchi changlanishni qisqa vaqtda kamaytiruvchi eng tezkor choralardan biri hisoblanadi.

    'O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 13:18

    O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi

    Turistlar oqimini ko'paytirish, xizmatlar sifatini oshirish va investitsiyalarni rag'batlantirishni ko'zda tutadi.