AsosiyDunyo

Endi Shengen zonasiga kirib-chiqishda pasportga muh'r bosish to'xtatiladi

Barcha ma'lumotlar, xususan kirish-chiqish sanalari ham elektron tizimda saqlanadi.

'Endi Shengen zonasiga kirib-chiqishda pasportga muh'r bosish to'xtatiladi'ning rasmi

Yevropaga tez-tez boruvchilarning pasportidagi sahifalar tejaladigan bo‘ldi: Shengen zona qisqa muddatga kelib ketuvchilarning pasportlariga kirish va chiqish vaqtida muhr bosish amaliyotini to‘xtatmoqda. Buning o‘rniga yangi elektron tizim joriy etiladi.

Yevropa Ittifoqi 2025 yil 12 oktabrdan e’tiboran Entry/Exit System (“Kirish-chiqish tizimi”) nomli yangi tartibni yo‘lga qo‘ymoqda. Bu tartib 2026 yil 10 aprelgacha shengen zonasiga kirib-chiquvchi barcha nuqtalarni qamrab oladi.

Yangi tizim kirish va chiqish vaqtida sayohning pasportiga muhr qo‘yishni bekor qiladi. Barcha ma’lumotlar, xususan kirish-chiqish sanalari ham elektron tizimda saqlanadi.

Buning uchun chet elliklar shengen zonasiga birinchi marta kirayotgan (yoki yangi tizim isga tushganidan keyin shengen zonasidan birinchi marta chiqayotgan) vaqtda yangi tizimga ularning biometrik ma’lumotlari kiritiladi: yuzi suratga tushirilib, barmoq izi olinadi.

Suratga tushish va barmoq izlari topshirish uchun mustaqil ravishda avtomat-kiosklardan foydalanish yoki an’anaviy tarzda pasport-nazorat xodimiga murojaat qilish mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tayotgan shaxslar o‘z sayohati haqidagi savollarga javob berishga, masalan shengen zonasida bo‘lgan payti qaerda yashashiga aniqlik kiritishga va uni hujjatlar asosida tasdiqlab berishga tayyor bo‘lishi kerak.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo 29.09.2025 20:38

    ''ning rasmi

    Dunyo 29.09.2025 19:50

    'Muhsin Rizoiy Isroil yangi hujum boshlasa, AQSH bilan urushga kirishishidan ogohlantirdi'ning rasmi

    Dunyo 29.09.2025 17:33

    'Ukraina Rossiyadagi harbiy korxonaga zarba berdi'ning rasmi

    Dunyo 29.09.2025 16:48

    Ukraina Rossiyadagi harbiy korxonaga zarba berdi

    Hujum vaqtida Ukraina tomoni to'rtta raketa uchirgan, ularning ehtimoliy uchish masofasi 240 kilometrdan ortiq bo'lgan.

    'O‘zbekiston delegatsiyasi BMTda Netanyaxu nutqi paytida zalda bo‘lmagan — Isroil OAV'ning rasmi

    Dunyo 29.09.2025 13:23

    O‘zbekiston delegatsiyasi BMTda Netanyaxu nutqi paytida zalda bo‘lmagan — Isroil OAV

    Ayrim davlatlar Isroilning Gʻazo sektorida olib borayotgan harbiy amaliyotlariga norozilik sifatida zalni tark etgan.

    'Isroil armiyasi Gʻazodagi shifoxonani oʻqqa tutdi'ning rasmi

    Dunyo 29.09.2025 12:55

    Isroil armiyasi Gʻazodagi shifoxonani oʻqqa tutdi

    Artilleriya zarbasidan so‘ng 90 dan ortiq bemor va tibbiyot xodimi shifoxona ichida qolib ketgan.