AsosiyDunyo

Filippindagi kuchli zilzilada 27 kishi halok bo‘ldi

6,9 magnitudali zilzila oqibatida yuzlab odam jabrlangan, maktablar va jamoât binolari zarar koʻrgan.

'Filippindagi kuchli zilzilada 27 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

Kecha, 30 sentyabr kuni kechqurun Filippinning markaziy qismida 6,9 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. AQSh Geologiya xizmati ma’lumotiga ko‘ra, yer silkinishi mahalliy vaqt bilan soat 22:00 atrofida Palompon shahri yaqinida qayd etilgan.

Sebu provinsiyasi gubernatori Pem Barikuatroning aytishicha, tabiiy ofat oqibatida 27 kishi halok bo‘lgan, 143 nafardan ortiq odam jarohat olgan. Halok bo‘lganlar orasida qirg‘oq xavfsizligi xodimlari hamda San-Remixioda sport majmuasi vayronalari ostida qolib ketgan o‘t o‘chiruvchi ham bor.

Filippin Qizil Xochi uchta provinsiyada 60 dan ortiq kishiga tibbiy yordam ko‘rsatgan. Zilzila cherkovlar va maktab binolariga zarar yetkazgan, ayrim hududlarda evakuatsiya ishlari o‘tkazilmogda.

Zilzila ortidan Leyte, Biliran va Sebu provinsiyalarida tsunami xavfi e’lon qilingan, biroq 1 oktabr kuni ertalab usbu ogohlantirish bekor qilindi. Shu paytda Taal vulqonida ham kichik otilish kuzatilib, 2,5 km balandlikka tutun chiqqani qayd etilgan.

Rasmiylar yuzaga kelgan zarar va xavfsizlik choralarini baholash uchun maktablarda tekshiruv o‘tkazilishini, darslar esa vaqtincha to‘xtatilganini ma’lum qildi.

    Boshqa yangiliklar