Vazirlar Mahkamasi qarori bilan "Qashshoq oilalar reestriga kiritilgan oilalarga kreditlar ajratish tartibi to‘g‘risida"gi nizom tasdiqlandi.
Bildirilishicha, nizom "Qashshoqlikdan farovonlik sari" dasturi AT "Xalq banki" va "Mikrokreditbank" ATB tomonidan qashshoq oilalarga quyidagilarni sotib olish uchun kreditlar ajratish tartibini belgilaydi:
tadbirkorlikni boshlash uchun kichik ishlab chiqarish uskunalari;
ko‘chma do‘kon, motoroller, skuter va shu kabi boshqa asosiy vositalar.
Bundan tashqari, dastur doirasida kredit arizalari qarz oluvchi tomonidan mustaqil ravishda yoki zarur holatlarda, "mahalla yettilig‘i" ko‘magida platforma orqali taqdim etiladi.
Arizalar skoring baholash natijalariga ko‘ra, 1 ish kunida ko‘rib chiqish uchun qabul qilinadi. Birlashtirilgan rahbar arizani 5 ish kunida joyiga chiqqan holda o‘rganadi. O‘rganish natijasi bo‘yicha fotohisobot va kredit ajratish yoki ajratishni rad etish to‘g‘risidagi xulosani platformaga joylashtiradi.
Qarz oluvchilarga kreditlar Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi foiz stavkasida ustama haq to‘lash sharti bilan quyidagicha ajratiladi:
15 mln so‘mgacha bo‘lgan 1 ta noutbuk sotib olish uchun 5 yilgacha muddatga 2 yil imtiyozli davr bilan;
tadbirkorlikni boshlash uchun qiymati 30 mln so‘mgacha bo‘lgan asosiy vositalarni sotib olish uchun 5 yilgacha muddatga bo‘lib to‘lash sharti bilan.
140 ming qashshoq oilaga shifokor biriktirib, ularni yiliga bir marta to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. Endi kafolatlangan tibbiy xizmatlar ko‘paytirilib, qashshoq oilalarning bunga sarf qiladigan xarajati 2 karra qisqartiriladi. Bunda ularga bepul dori va kafolatlangan tibbiy xizmatlar paketi taqdim etiladi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi bilan manzilli ishlash qashshoqlikka qarshi kurashda asosiy yo‘nalishlardan biri. Bu tizim tubdan isloh qilinib, ilgari 6 ta davlat tashkilotida bo‘lgan vakolatlar yagona Ijtimoiy himoya milliy agentligiga birlashtirildi.