AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda sentyabr oyida qariyb 81 mlrd so‘mlik "svet" va gaz talon-toroj qilindi

Qoidabuzar iste'molchilarga chora koʻrish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

'O‘zbekistonda sentyabr oyida qariyb 81 mlrd so‘mlik "svet" va gaz talon-toroj qilindi'ning rasmi

Joriy yil sentyabrida O‘zbekistonda 80,5 milliard so‘mlik gaz va elektr energiyasi talon-toroj qilindi. Bu haqda O‘zenergoinspektsiya xabar berdi. 

O‘tgan oyda inspektsiya o‘tkazgan nazorat tadbirlarida iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan 219 ta holat aniqlandi.

“Unga ko‘ra, 33,6 million kVt/soat elektr energiyasi (52 milliard so‘m) va 9,4 million metr kub tabiiy gaz (28,3 milliard so‘m) talon-toroj qilingan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 80 milliard 473 million so‘m zarar qayta hisob-kitob qilindi”, deyiladi vazirlik xabarida.

Shu bilan birga, iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik bo‘yicha 546 ta ma’muriy ish rasmiylashtirilgan.

Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan.

    Boshqa yangiliklar