O'zenergoinspektsiya Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o'tkazilgan nazorat tadbirida "M. O." MChJga qarashli AYOQSHda Ai-92 markali avtobenzindan namunalar olinib, laboratoriyada tahli qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsizligi) aniqlandi. Bu haqda O'zenergoinspektsiya xabar berdi.
Ushbu qoidabuzarliklar natijasida O'zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 43-moddasiga asosan realizatsiya qilingan 2 640 litr avtobensin qiyomatining 50 foizi miqdorida jarima qo'llanilgan.
Qoidabuzarlikka yo'l qo'ygan ushbu AYOQSHda aniqlangan qoldiq saqlanayotgan sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqarmaslik va sifatiini qayta tiklash lozimligi bo'yicha ko'rsatma berilgan.