Bugun, 5 oktyabr kuni soat 09:06 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga “112” tizimi orqali xabar kelib tushdi: Toshkent tumani Binokorlar ko‘chasida joylashgan polietilen ishlab chiqarish zavodida yong‘in avj olgan. Bu haqda Toshkent viloyati FVB axborot xizmati ma’lum qildi. Voqea joyiga yong‘in-qutqaruv brigadalar soat 09:15 da yetib borib, 09:40 da olovni o‘rab olishga muvaffaq bo‘ldi, va soat 10:04 da yong‘in to‘liq bartaraf etildi. Hodisa natijasida jabrlanganlar borligi yoki tan jarohatlari haqida hozircha ma’lumot berilmagan. Mutaxassislar yong‘in sabablarini aniklash va kelgusida bunday favqulodda vaziyatlarning oldini olish uchun tekshiruv ishlarini davom ettirmoqda. Shu bilan birga, korxonada xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Boshqa yangiliklar

Jamiyat Bugun 10:31
Toshkentda PM2.5 miqdori yana me'yordan oshdi
Yomg‘irga qaramay, 5 dekabr kuni ertalab havodagi mayda zarrachalar kontsentratsiyasi yana xavfli darajada qayd etildi.

Jamiyat Bugun 10:05
Gulistondagi oshxona portlashi bo‘yicha 3 kishi qamoqqa olindi
“Bek Family Cafe” oshxonasidagi gaz balloni portlashi oqibatida yuzaga kelgan fojia bo‘yicha bir nechta mas’ul shaxslar hibsga olindi.

Jamiyat 04.12.2025 20:48
Samarqandda tadbirkor choʻchqalarni boqish uchun havoga zararli moddalar tarqatdi
Kеlib tushgan murojaatga asosan tuman hokimi tegishli mas’ullar hamrohligida ushbu hududda o‘rganish olib borgan.

Jamiyat 04.12.2025 20:01
Gulistondagi portlashda halok bo‘lganlar oilasiga 100 million so‘mdan beriladi
Mas'ul idoralarga ushbu baxtsiz hodisa sabablarini tez fursatlarda aniklab, qonun ustuvorligini ta'minlash topshirildi.


