Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida DXX va IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Lacetti avtomobilini boshqarib ketayotgan fuqaro D.O. to‘xtatildi.
U o‘zini Davlat xavfsizlik xizmati xodimi deb tanishtirib, soxta guvohnoma ko‘rsatdi va inspektorlarni chalg‘itishga urindi. Biroq tekshiruvlar uning yolg‘onini fosh etdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 32 yoshli D.O. ilgari ham firibgarlik qilgan, turli vazirlik va idoralarda ishlashini da’vo qilib, soxta guvohnomalar orqali shaxsiy manfaatlarini ko‘zlagan.
Sudda u qilgan ishidan afsusdaligini bildirgan. D.O. Jinoyat kodeksining 228-moddasi bo‘yicha aybdor deb topilib, 3 yil 6 oyga koloniya-posyolkaga hukm qilindi.