Kecha, 6 oktyabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida IBA.Pro 10 professional boks musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada superog‘ir vazn toifasida Bahodir Jalolov ringga ko‘tarilib, rossiyalik Vitaliy Kuduxov bilan 8 raundlik jang o‘tkazdi. Qizg‘in kechgan bahs hakamlar qaroriga ko‘ra, Jalolovning ustunligi bilan yakunlandi — 77-73, 77-74, 78-72.