Yaponiyaning Tokio shahrida shotokan karate-do bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Musobaqada 30 dan ortiq davlatdan 600 ga yaqin sportchi ishtirok etdi.
O‘zbekiston terma jamoasi chempionatda muvaffaqiyatli ishtirok etib, 15 ta oltin, 9 ta kumush va 9 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, milliy terma jamoa bosh murabbiyi Xo‘jamqul Xo‘jaqulov jahon shotokan karate-do federatsiyasi ijroiya qo‘mitasi tomonidan 8-DAN qora belbog‘ sertifikati bilan taqdirlandi. 7 nafar karatechimiz esa 1-DAN qora belbog‘ini oldi.