Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida joylashgan “Bog‘chakalon” MFY hududida avtomashina yuqori bosimli gaz quvuriga urilib, uni shikastlagan.
Hodisa oqibatida gaz sizib chiqish holati kuzatilgan va xavfsizlik nuqtai nazaridan 12 ta mahallada tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.
Ma’lum qilinishicha, hozirda tuman gaz ta’minoti bo‘limining avariya-tiklash brigadasi joyda ta’mirlash ishlarini olib bormoqda.