AsosiySport

Ronaldo futbol tarihidagi birinchi milliarderga aylandi

Portugaliyalik yulduzning boyligi 1,4 milliard dollarga yetdi va u Lionel Messidan o'tib ketdi.

'Ronaldo futbol tarihidagi birinchi milliarderga aylandi'ning rasmi

"Bloomberg" agentligi xabariga ko'ra, Kristianu Ronaldu futbol tarixidagi birinchi rasman qayd etilgan milliarderga aylandi. Uning jami boyligi 1,4 milliard dollarga baholandi va bu ko'rsatkich bilan u o'zining azaliy raqibi Lionel Messidan ham o'tib ketdi. Ronaldu boyligining asosiy qismi maoshlar, reklama shartnomalari va CR7 brendi ostidagi biznes loyihalardan kelgan. Uning "Al Nasr" klubi bilan 2023 yilda tuzgan shartnomasi yillik 200 million dollarlik daromadni ta'minladi. Shuningdek, Nike, Armani va boshqa yirik brendlar bilan hamkorlik, Instagram'dagi 660 millionlik auditoriya va Portugaliyadagi qimmatbaho ko'chmas mulklar ham uning moliyaviy darajasini belgilab bergan.

    Boshqa yangiliklar