AsosiyJamiyat

Metroda bo'lmaganda ham metro uchun kartadan pul yechiladimi?

ATTO kompaniyasi holat bo‘yicha izoh berdi.

'Metroda bo'lmaganda ham metro uchun kartadan pul yechiladimi?'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarning kartalaridan metro uchun mablag‘ yechib olinayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat bo‘yicha ATTO kompaniyasi izoh berdi.

Bildirilishicha, Toshkent metropolitenining «Buyuk Ipak yo‘li» bekatidagi 1 vestibyulda o‘rnatilgan to‘lov qurilmalari orqali 16-30 sentabr oralig‘ida o‘tkazilgan to‘lovlar texnik sabablarga ko‘ra o‘z vaqtida qayta ishlanmaganligi tufayli hozirgi kunda kartalardan ushbu vaqt oralig‘idagi to‘lovlar kartalar hisobidan yechib olinish jarayoni ketmoqda.

«Bunda hech qanday ortiqcha yoki noto‘g‘ri yechimlar amalga oshirilmayapti — mablag‘lar faqat belgilangan davrda yo‘lovchilar tomonidan amalga oshirilgan haqiqiy safarlar uchun ushlab qolinmoqda», — deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar