Surxondaryo viloyati Bandixon tumanida 3 sentabr kuni paxta terimidan ayollarni minib qaytayotgan Labo Cobalt bilan to‘qnashdi. Bu haqda viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lum qildi.
Shu kuni soat 19:00 larda Gulbog‘ mahallasi hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida Labo haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishdagi Cobalt bilan to‘qnashgan.
Oqibatda Labo haydovchi hamda 5 nafar yo‘lovchi ayol turli darajadagi jarohatlar bilan tuman kasalxonasiga etkazilgan.
Hozirda holat yuzasidan Bandixon tumani IIB tergov guruhi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov surishtiruv ishlari olib borilmogda.