AsosiyJinoyat

Qashqadaryoda sobiq harbiy xizmatchi ikki ayolni pichoqlab o‘ldirdi

Holat yuzasidan jinoyat ishi ko‘zgatilgan.

'Qashqadaryoda sobiq harbiy xizmatchi ikki ayolni pichoqlab o‘ldirdi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida ikki nafar ayol pichoqlab o‘ldirildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov Darakchi.uz'ga ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, qotillik voqeasi kecha, 12 oktyabr kuni sodir bo‘lgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, qotillikda gumonlanuvchi oilaning kuyovi bo‘lgan.

Hayot Shamsutdinovning qo‘shimcha qilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish)ga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, aslida sobiq harbiy xizmatchi bo‘lgan gumonlanuvchi qo‘lga olingan.

    Boshqa yangiliklar