AsosiyJamiyat

Toshkent havosi sezilarli darajada yana ifloslandi

14 oktyabr tongida havodagi zararli zarrachalar darajasi JSST me'yoridan 7,6 baravar yuqori bo'ldi.

'Toshkent havosi sezilarli darajada yana ifloslandi'ning rasmi

14 oktyabr kuni ertalab Toshkent shahrida PM2.5 zarrachalari kontsentratsiyasi 38 mkg/m³ ni tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining 5 mkg/m³ darajasidagi tavsiya etilgan me’yoridan qariyb 8 baravar yuqori.

Mutaxassislar bunday havo sifati farzandlar, keksa yoshdagilar va nafas yo‘llari bilan bog‘liq surunkali kasalligi borlar uchun xavfli ekanini ta’kidlashmoqda.

Fuqarolarga iloji boricha ko‘chaga chiqmaslik, niqob taqish va uyda havo tozalovchi moslamalardan foydalanish tavsiya etilmoqda.

Toshkentda kuzatilayotgan havoning ifloslanishi transport vositalari chiqindilari, sanoat korxonalari faoliyati va mavsumiy yoqish ishlariga bog‘liq bo‘lishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar