AsosiyJamiyat

9 миллиард сўмлик давлат харидларида қонунбузарлик аниқланди

Raqobat qoʻmitasi bir necha hududda qonunga zid xaridlar boʻyicha materiallarni sudga topshirdi.

'9 миллиард сўмлик давлат харидларида қонунбузарлик аниқланди'ning rasmi

Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tomonidan oʻtkazilgan tekshiruvlar natijasida 9,1 milliard soʻmdan ortiq davlat xaridlarida qonun buzilish holatlari aniqlandi.

Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Jizzax, Buxoro viloyatlari va Toshkent shahrida tender jarayonlarida qonunbuzarliklar qayd etilgan.

Qoʻmita maʼlumoticha, bu holatlar kichik miqdordagi alohida xaridlarga taalluqli boʻlib, ular umumiy hisobda katta summaga yetgan.

Aniqlangan qonunbuzarliklar yuzasidan tegishli mansabdor shaxslarga nisbatan chora koʻrish maqsadida materiallar sud organlariga yuborilgan.

    Boshqa yangiliklar