Chernogoriya hukumatı Armaniston, O‘zbekiston va Misr fuqarolarini vizadan vaqtincha ozod etish to‘g‘risidagi avvalgi qarorlarini to‘xtatib qo‘ydi. Bu haqdagı qaror 2025 yıl 9 oktyabr kunı Chernogoriya Vazirlar Mahkamasining bosh vazir Milojko Spayich raisligida bo‘lib o‘tgan 98-sessiyasida qabul qilingan.
“Vazirlar Mahkamasi Armaniston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi va Misr Arab Respublikasi fuqarolarini viza olishdan vaqtincha ozod etish to‘g‘risidagi qarorlarga o‘zgartirishlar kiritish haqida qarorlar qabul qildi. 2024-2027 yillardağı Islohotlar kun tartibi va Europa Ittifoqiga qo‘shilishning yakuniy mezonları doirasidagi majburiyatlarga muvofiq, 24-bobda Chernogoriya Europa Ittifoqining viza siyosati bilan uygunlashishda davom etmoqda. Shunga ko‘ra, bugungi tuzatishlar yuqorida tilga olingan mamlakatlar fuqarolari uchun vizalardan vaqtincha ozod qilish to‘g‘risidagi avvalgi qarorlarning amal qilishini to‘xtatadi va shu bilan Chernogoriyaning Europa Ittifoqiga to‘liq a’zo bo‘lishga qat’iy sodiqligi haqida aniq signal beradi”, — deyiladi xabarda.
Vazirlar Mahkamasi viza rejimi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi nizomni qabul qilgan.
Endi O‘zbekiston fuqarolari Chernogoriyaga kirish uchun viza rasmiylashtirishi talab etiladi. Ushbu tartib 2025 yıl 29 oktyabrdan kuchga kiradi.