Toshkent viloyati Chinoz tumanida yo‘lni to‘sib, omma tartibsizlik kelitirib chiqarmoqchi bo‘lgan ikki kishi bir necha yillarga qamaldi. Jinoy ishlari bo‘yicha Oqqo‘rg‘on tuman sudi ularga nisbatan hukm chiqardi.
Ular avvaldan til birliktirib, 2025-yil mart oyida Toshkent–Termiz yo‘lining Chinoz tumanidan o‘tgan qismida avtomobil yo‘lini to‘sishga uringan. A.O. ijtimoiy tarmoq orqali fuqarolarni ushbu harakatga chorlab, odamlar orasida norozilik uyg‘otishga harakat qilgan. Keyinchalik ular yo‘lni yuk mashinasi bilan to‘sib, tirbandlik yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan.
Sud qaroriga ko‘ra, A.O. (1992-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, ilgari sudlanmagan, Instagramdagi Abror Ahrorjon O‘g‘li Otajon sahifasi egasi) bir nechta moddalar – haqorat qilish, omma tartibsizlik uyushtirish va jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi materiallarni tarqatishda aybdor deb topilib, 5 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum etildi.
B.Sh. (1985-yilda tug‘ilgan, 5-martda sudlangan) ham omma tartibsizlik uyushtirishda aybdor deb topilib, 3 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi.
Har ikki fuqaro ham jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘taydi. Sud hukmi ustidan qonunda belgilangan tartibda Toshkent viloyat sudiga shikoyat yoki protest berish mumkinligi aytildi.
O‘zbekistonda omma tartibsizliklar sodir etish maqsadida o‘quvdan o‘tganlik hamda ushu faoliyatni moliyalashtirganlik uchun javobgarlik belgilangan. Shu yil 27-martda imzolangan qonun bilan Jinoyat kodeksining 244-moddasiga bunday noqonuniy harakatlar uchun javobgarlikni belgilovchi o‘zgartirish kiritildi.
Shaxsning omma tartibsizliklar sodir etish maqsadida o‘quvdan o‘tishi, shu jumladan omma tartibsizliklarini sodir etish bilimini, amaliy mahoratini va ko‘nikmalarini egallashi, o‘quv chog‘ida qurol-yaroq, portlatish qurilmalari, portlovchi, zaharlovchi, atrofdagilar uchun xavf tug‘diradigan boshqa moddalar va buyumlar bilan muomala qilish usullarini o‘rganishi – BHMning 300 baravaridan 600 baravarigacha (112,5 million so‘mdan 225 million so‘mgacha) miqdorda jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgi