2025 yilning 9 oyida O‘zbekistonda 15–17 yoshdagı 155 nafar qiz erta turmushga berilgan. Bu haqda Sog‘ligni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, erta turmush qurish hamda qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlar zamonaviy tibbiyot tomonidan nogiron farzandlar tug‘ilish ehtimolini oshiradigan omil sifatida e’tirof etilgan. Shu bilan birga, bir yilda ikki marta homiladorlik holatlari, intervalga rioya etilmasligi, nimjon va salomatligiga putur yetgan chaqaloqlar tug‘ilayotgani ham havotirli holat sifatida qayd etildi. Xudayarovning so‘zlariga ko‘ra, bunday holatlarni oldini olish uchun aholi orasida ta’sirchan targ‘ibot ishlari olib boriladi. Agar bu holatlar yana takrorlansa, mahalla darajasida muhokama etilib, kerakli choralar ko‘riladi.