Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev Manas shahar hokimi Ernisbek O‘rmo‘qov va shahar kengashi raisini kaltaklagani aniq bo‘ldi.
O‘rmo‘qovning so‘zlariga ko‘ra, usbu voqea shahar rivoji uchun ajratilgan mablag‘larning taqsimoti yuzasidan kelib chiqqan kelishmovchilikdan keyin sodir bo‘lgan.
Hokim bu holatni tasdiqlar ekan, "Tashiyev qat'iy rahbar, u halol ishlaydi. Biz xato qilgan bo‘lsak kerak", deya izoh berdi.
Avvalroq Tashiyev o‘zi ham shahar rahbarlarini "kaltaklaganini" omma oldida tan olgan va "agar yana takrorlansa, qamoqqa tushishi mumkin edi", deya tahdid qilgan.