AsosiyDunyo

Teylor Sviftning klipi sababli Germaniya muzeyiga yuzlab odamlar kelishni boshladi

Mashhur qoʻshiqchi yangi klipida Ofeliya oʻxshash obrazda namoyon boʻlgan.

'Teylor Sviftning klipi sababli Germaniya muzeyiga yuzlab odamlar kelishni boshladi'ning rasmi

Teylor Sviftning 10 kun oldin chiqqan “The Fate of Ophelia” (Ofeliyaning taqdiri) nomli klipi qisqa fursat ichida 64 milliondan ortiq ko‘rildi.

Klipning dastlabki kadrlari 1900 yillarga oid, nemis rassomi Fridrix Heyser tomonidan chizilgan “Ofeliya” nomli kartinani eslatadi.

Ayni paytda mazkur asar saqlanayotgan Visbaden san'at galereyasiga har kuni yuzlab mehmonlar tashrif buyurmoqda.

Ular orasida Germaniyaning boshqa shaharlaridan kelgan sayyohlar, shuningdek, Visbaden yaqinidagi harbiy baza yaqinida xizmat qilayotgan AQSh harbiylarining oila a'zolari ham bor.

Mutasaddilarning aytishicha, Sviftning klipi muzeyga kutilmagan ravishda yangi auditoriyani olib keldi va asarga qiziqishni jonlantirdi.

    Boshqa yangiliklar