AsosiyJamiyat

Marg'ilonda Nexia haydovchisi 3 nafar o'quvchini urib yubordi

Yo'l-transport hodisasi oqibatida bir o'quvchi shifoxonaga yotqizildi, ikki nafariga joyida yordam ko'rsatildi.

'Marg'ilonda Nexia haydovchisi 3 nafar o'quvchini urib yubordi'ning rasmi

Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahrida 1998 yilda tug‘ilgan haydovchi Nexia-1 avtomobilida 33-maktab oldidagi piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan 3 nafar maktab o‘quvchisini urib yubordi. Bu haqda viloyat YXHB matbuot xizmati xabar berdi.

Hodisa 16 oktyabr kuni soat 12:30 atrofida "Bahovuddin Marg‘iloniy" ko‘chasida sodir bo‘lgan. Tez tibbiy yordam xizmatlari jabrlangan bolalarga birinchi yordam ko‘rsatgan. Bir nafari shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda hodisa yuzasidan tergovgacha qadar tekshiruv ishlari olib borilmogda.

    Boshqa yangiliklar