Ijtimoiy tarmoqlarda namanganlik erkak voyaga yetmagan jiyanini zo‘rlagan. Buning ortidan qizcha shifoxonaga yotqizilgani yuzasidan xabarlar tarqaldi.
Bildirishicha, erkak 2014-yilda jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish, 2020-yilda esa nomusga tegish jinoyatlarini sodir qilib, sudlangan.
Hozirgi voqea joriy yilning 14 oktyabr kuni yuz bergan. Toga jiyanining yashash xonadoniga to‘y marosimiga borgan.
U to‘yda tog‘asining 2018-yilda tug‘ilgan nevarasi I.K.ni voyaga yetmaganligidan foydalanib, aldagan holda chetga olib chiqqan. So‘ngra qizaloqning nomusiga tegib, voqea joyidan yashiringan.
So‘ng erkak 2 kunlik qidiruvdan keyin qo‘lga olingan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiqo‘rgon tuman sudining 2025-yil 16-oktabrdagi ajrimi bilan unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.