Ijtimoiy tarmoqlarda "Sirdaryo viloyatida Mikrokreditbank buxgalteri yarim tunda majlisga chaqirtirilgan vaqtida avariyaga uchradi" nomli sarlavha ostida xabarlar tarqalgan edi. Darakchi.uz muxbiri holatni o‘rganish uchun bankning matbuot xizmati rahbari Sarvar Ochilov bilan bog‘landi.
Ochilovning saytimizga taqdim etgan ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 17 oktyabr kuni "Mikrokreditbank" ATBning Sirdaryo viloyati Shirin shaharchasidagi Bank xizmatlari markazi xodimlari kechki paytda avtofalokatga uchragan.
Hodisa oqibatida 41 yoshli buxgalter halok bo‘lgan. 29 yoshli menejer esa tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Hozirgi vaqtda uning ahvoli barqaror bo‘lib, zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmokda.
Shuningdek, ushbu mudhish voqea ish vaqtidan tashqari bo‘lgan bo‘lib, bank faoliyati bilan bog‘liq yig‘ilish yoki xizmat vazifasini bajarish holati kuzatilmagan.