Jizzax shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1993 yilda tug‘ilgan ikki fuqaro 400 dona “Misoprostol” tabletkasi, 139 dona kapsula va boshqa dori vositalarini 5 ming dollar evaziga sotayotgan paytda ushlandi.
Tekshiruv davomida ayollar fitness-klubi ichida qo‘lbola usulida dorilarni qadoqlash va sotuvga tayyorlash bilan shug‘ullangan yashirin sex aniqlangan. U yerdan 1 mingdan ortiq bo‘sh kapsula, 1 mingdan ziyod soxta golограмма, shtrix-kodlar va boshqa ashyolar musodara qilindi.
Samarqandda esa 1998 yilda tug‘ilgan MChJ menegeri Qirg‘izistondan noqonuniy olib kelingan 9800 dona psixotrop dorilarni 25 million so‘mga sotayotgan paytda qo‘lga olindi.
Har ikkala holat bo‘yicha tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Rasmiylar fuqarolardan sertifikatsiz dorilarni sotish yoki xarid qilish sog‘liqqa xavfli va jinoyiy javobgarlikka sabab bo‘lishini eslatmoqda.