Parijdagi mashhur Lur muzeyidan o‘g‘irlab ketilgan qimmatbaho buyumlar 88 million yevroga baholandi. Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, jinoyatchilar 19 oktyabr kuni muzey xodimlari libosida kirib, atigi 4 daqiqa ichida tarixiy ahamiyatga ega 9 ta buyumni olib chiqqan.
Ular orasida imperatritsa Yevgeniyaga tegishli minglab olmos va marvaridlar bilan bezatilgan tiara, brosh va bantilardan tortib, Napoleon sovg‘a qilgan marjonlargacha bo‘lgan yodgorliklar bor. Prokuror jinoyatchilar qimmatbaho buyumlarni shunchaki eritib yubormasligiga umid bildirgan. Ayni paytda to‘rt nafar gumonlanuvchi aniqlandi, ammo jinoyatga aloqador boshqa shaxslar ham bo‘lishi mumkinligi aytilmogda.
Fransiya rasmiylari bu hodisani “tarixiy merosga sui qasd” deb baholab, jinoyatchilar javobgarlikka tortilishini va yodgorliklar qaytarilishini va’da qilishdi.