AsosiyDunyo

Sadir Japarov: “Qishda elektr uzilishlaridan nolimaylik, yana 2,5 yil chidaymiz”

Qirg'iziston Prezidenti Sadir Japarov xalqni qish mavsumida elektr ta'minotidagi uzilishlardan shikoyat qilmaslikka chaqirdi.

'Sadir Japarov: “Qishda elektr uzilishlaridan nolimaylik, yana 2,5 yil chidaymiz”'ning rasmi

Ushbu haqda 27 oktyabr kuni Jalolobod viloyatidagi Qorako‘l GESining ochilish marosimida so‘z yuritdi. 

Japaronning aytishicha, yangi GESning ishga tushirilishi mamlakat energetik xavfsizligini mustahkamlash va iqtisodiyot rivojiga xizmat qiladi.

“Biz ikki yarim yildan so‘ng elektr energiyasini import qilishni to‘xtatamiz, ishlab chiqarilayotgan energiya ichki ehtiyojni to‘liq qoplaydi”, — dedi davlat rahbari.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, hozirda respublikada 40 dan ortiq kichik va o‘rta GES hamda Qora-Kechedagi yangi IES qurilmogda. Bu loyihalar yakunlangach, Qirg‘iziston elektr eksport qiluvchi davlatga aylanishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar