AsosiyJamiyat

Samarqandda 14-UNESCO Yoshlar forumi boshlandi

Tadbir "Iqlim harakati va uning ijtimoiy ta'siri, ayniqsa yoshlar uchun" mavzusiga bag'ishlangan.

'Samarqandda 14-UNESCO Yoshlar forumi boshlandi'ning rasmi

O‘zbekiston UNESCO bilan hamkorlikda o‘tkazayotgan 14-UNESCO  Yoshlar forumi 27–28 oktabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir “Iqlim harakati va uning ijtimoiy ta’siri, ayniqsa yoshlar uchun” mavzusiga bag‘ishlangan.

Forумga 100 dan ortiq mamlakatdan yosh yetakchilar, ekspertlar va rasmiy delegatlar tashrif buyurdi. Maqsad — yoshlarning iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashdagi ishtirokini kengaytirish va ularning g‘oyalarini global miqyosda ilgari surishdir.

Ochilish marosimida UNESCO va O‘zbekiston hukumat vakillari, shuningdek Nigeriya, Misr, Ispaniya, Boliviya va Braziliyadan yosh iqlim yetakchilari so‘zga chiqdi.

Forum yakunida ishtirokchilar “Youth Recommendations and Calls to Action” hujjatini ishlab chiqib, uni UNESCO Bosh konferensiyasiga taqdim etadilar. Tadbir “Musiqiy oqshom” bilan yakunlanadi.

    Boshqa yangiliklar