O‘zbekistonda joriy yilgi kuz-qish mavsumida elekt energiyasi va tabiiy gaz narxlari oshirilmasligi ma’lum bo‘ldi.
Bu haqda energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov ma’lum qildi. Vazirning qayd etishicha, elekt energiyasi va tabiiy gaz narxlari kelasi yili may oyida inflyatsiya darajasida indeksatsiya qilinadi.
Gaz va elekt energiyasiga yangi tariflar 1 maydan kuchga kirgan edi. 1 maydan boshlab elekt energiyasi uchun bazaviy tarif (oyiga 200 kVt/soat doirasida) 450 so‘mdan 600 so‘mga, gaz uchun 650 so‘mdan 1000 so‘mgacha oshirilgan.
Vazirlar Mahkamasi qarorida 2025 yil apreldan boshlab elekt energiyasi iste’molchilarining III guruhi, shu jumladan, ovqat tayyorlash uchun markazlashgan holda elekt plitalari bilan jihozlangan ko‘p qavatli uy-joylar va yotoqxonalarda yashovchi maishiy iste’molchilar uchun bir oydagi iste’moldan kelib chiqib:
oyiga 200 kVt/soatgacha — 300 so‘m;
oyiga 201 kVt/soatdan 1 000 kVt/soatgacha — 500 so‘m;
oyiga 1 001 kVt/soatdan 5 000 kVt/soatgacha — 750 so‘m;
oyiga 5 001 kVt/soatdan 10 000 kVt/soatgacha — 875 so‘m;
oyiga 10 000 kVt/soat va undan yuqori — 1 000 so‘mdan etib belgilangandi.
Iste’molchilarining I guruhiga kiruvchi qismi o‘zgarishsiz — 1 kVt/soat uchun 1 000 so‘m etib belgilangandi. II guruh iste’molchilar uchun ham bir kilovatt soat elekt energiyasi 1000 so‘mdan yetkazib berilishi belgilangandi. Iste’molchilarining IV guruhi ham shu sanadan e’tiboran bir kVt/soat elekt energiyasi uchun 1 000 so‘mdan to‘lashi ko‘zda tutilgandi.
Qolgan maishiy iste’molchilar uchun esa bir oydagi iste’moldan kelib chiqib quyidagicha belgilangandi:
oyiga 200 kVt/soatgacha — 600 so‘m;
oyiga 201 kVt/soatdan 1 000 kVt/soatgacha — 1 000 so‘m;
oyiga 1 001 kVt/soatdan 5 000 kVt/soatgacha — 1 500 so‘m;
oyiga 5 001 kVt/soatdan 10 000 kVt/soatgacha — 1 750 so‘m;
oyiga 10 000 kVt/soat va undan yuqori — 2 000 so‘m.
Aholining kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun iste’mol qiladigan tabiiy gazi uchun narxlari quyidagicha o‘zgarishi ko‘zda tutilgandi:
oyiga 500 kub metrgacha — 1 000 so‘m;
oyiga 501 kub metrdan 2 500 kub metrgacha — 1 800 so‘m;
oyiga 2 501 kub metrdan 5 000 kub metrgacha — 2 100 so‘m;
oyiga 5 001 kub metrdan 10 000 kub metrgacha — 2 500 so‘m;
oyiga 10 001 kub metr va undan yuqori miqdorda tabiiy gaz iste’mol qiladiganlar bir kub metr uchun 3 000 so‘m.
Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalariga uchun bir kub metr tabiiy gaz 2 500 so‘mdan yetkazib berilishi belgilangan bo‘lsa, issiqlik elekt stansiyalari va issiqlik elekt markazlari buning uchun 1 800 so‘mdan to‘lashi ko‘zda tutilgandi.
Bundan tashqari, aholiga gaz ishlab chiqarilgan narxidan arzon sotilishi hisobiga ko‘rilgan zarar davlat byudjetidan qoplab kelinadi. 2025 yil uchun ushbu maqsadga 7 trln so‘m ajratilishi belgilangan.






