AsosiySport

"Chelsi" Vinisius Juniorning "Real Madrid"dagı kelajagini kuzatmoqda

London klubi braziliyalik yulduzning "Santyago Bernabeu"dagI holatidan xabardor bo'lib turibdi va agar u jamoani tark etishga qaror qilsa, transfer uchun kurashga tayyor.

'"Chelsi" Vinisius Juniorning "Real Madrid"dagı kelajagini kuzatmoqda'ning rasmi

“TEAMTALK” nashrining yozishicha, “Chelsi” bosh murabbiyi Enso Mareska Vinisius Juniorni jamoada qo‘shib olish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlamoqda.

Futbolchining “Real Madrid” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida yakunlanadi, ammo klub hali yangi bitim bo‘yicha kelishuvga erishmagan.

Madridliklar braziliyalikni tekinga yo‘qotmaslik uchun 2025-yilgi yozgi transfer oynasida sotish variantini ko‘rib chiqmoqda. “Chelsi” egasi Todd Boli Vinisiusni qo‘lga kiritish nafaqat sport, balki tijoriy jihatdan ham foydali bo‘lishini hisobga olgan.

Avvalroq futbolchining narxi 200 million funt sterling atrofida baholangan edi. Shunga qaramay, agar “Real” yangi shartnoma taklif qilmasa, bu summa sezilarli darajada tushishi mumkin.

Vinisiusning “Barselona”ga qarshi o‘yindagi hissiy reaksiyasi — “Har doim men! Ketaman, ketganim ma’qul!” degan so‘zlari — uning “Real”dagi kelajagi borasida shubhalarni yanada kuchaytirdi.

Braziliyalikka “Chelsi”dan tashqari “Manchester Siti” va “Liverpul” ham qiziqish bildirmoqda. Saudiya klublarining takliflariga qaramay, Vinisius Yevropada qolishni afzal ko‘rmoqda.

Agar u London klubiga o‘tsa, bu Garnacho va Jeymi Gittens uchun chap qanotda jiddiy raqobat muhitini yaratadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Sport 30.10.2025 19:14

    ''ning rasmi

    Sport 29.10.2025 20:56

    'World Boxing reytingida O‘zbekiston nechanchi o‘rindaligi e’lon qilindi'ning rasmi

    Sport 28.10.2025 18:07

    World Boxing reytingida O‘zbekiston nechanchi o‘rindaligi e’lon qilindi

    Reyting natijalariga ko'ra, o'zbekistonlik olti nafar bokschi o'z vazn toifasida yetakchilik qilmoqda.

    '"Yuventus" bosh murabbiyi Igor Tudor iste'foga chiqarildi'ning rasmi

    Sport 27.10.2025 19:26

    "Yuventus" bosh murabbiyi Igor Tudor iste'foga chiqarildi

    Jamoani vaqtincha Massimo Brambilla boshqaradi.

    'Eldor Shomurodov Turkiya chempionatida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi'ning rasmi

    Sport 27.10.2025 14:05

    Eldor Shomurodov Turkiya chempionatida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi

    O'zbek hujumchisi "Antalyaspor" darvozasiga ikki gol urdi.

    'Jahon chempioni Akbar Joʻrayevga BYD avtomobili sovgʻa qilindi'ning rasmi

    Sport 27.10.2025 09:46

    Jahon chempioni Akbar Joʻrayevga BYD avtomobili sovgʻa qilindi

    U Norvegiyada o'tgan og'ir atletika bo'yicha jahon chempionatida 3 ta oltin medalni qo'lga kiritgan.