AsosiyJinoyat

Toshkentda 18 yoshli qizga nomaqbul video yuborgan yigit 5 sutkaga qamaldi.

Sud jarayonida u oʻz aybiga iqror boʻlgan.

'Toshkentda 18 yoshli qizga nomaqbul video yuborgan yigit 5 sutkaga qamaldi.'ning rasmi

Toshkentda 20 yoshli yigit o‘zi bilan bir restoranda ishlovchi 18 yoshli tanish qizga o‘z jinsiy a’zosini videoga olib, Telegram orqali yuborgani uchun ma’muriy jazoga tortildi.

Sud hujjatlariga ko‘ra, voqea 2025-yil 12-oktyabr kuni sodir bo‘lgan. Yigit nafaqat videoni yuborgan, balki unga odobsiz, jinsiy aloqaga undovchi so‘zlarni yozgan.

Sud jarayonida u o‘z aybiga iqror bo‘lgan.

Sud qaroriga ko‘ra, u Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi 1-qismi ("Shahvoniy shilqimlik") bilan 5 sutkaga ma’muriy qamoq jazosi bilan jazolandı.

    Boshqa yangiliklar