AsosiyDunyo

Putin 24 nafar qarindoshini davlatga aloqador lavozimlarga joylashtirgani aytilmoqda

Eng nufuzli lavozimlardan biri prezidentning amakivachchasining qarindoshlariga nasib etgan.

'Putin 24 nafar qarindoshini davlatga aloqador lavozimlarga joylashtirgani aytilmoqda'ning rasmi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin kamida 24 nafar yaqin qarindoshiga yuqori davlat lavozimlariga joylashishda yordam berdi. Bu haqda mahalliy nashrlardan biri xabar berdi.

Jurnalistlar ma'lumotiga ko'ra, davlat bilan bog'liq daromad manbalariga Putinning qizlari — Mariya Vorontsova va Katerina Tixonova, shuningdek, prezidentning amakivachchalari Yevgeniy va Igor Putin, hamda tog'asining qizlari Lyubov Shelomova va Lyubov Kruglova oilalari ega bo'lgan.

Shuningdek xabarda, " Putinning "to'rtta mashhur sevgilisi" — sobiq rafiqasi Lyudmila Ocheretnaya, Alina Kabayeva, Svetlana Krivonogix va Alisa Xarchevaning oila a'zolari ham davlat lavozimlariga joylashtirilgan, deyilgan.

Eng nufuzli lavozimlar prezidentning amakivachchasi Yevgeniy Putinning qarindoshlariga nasib etgan. Anna Sivileva (Yevgeniyning qizi, prezidentning jiyani) mudofaa vaziri o'rinbosari, uning turmush o'rtog'i Sergey esa energetika vaziri lavozimlarini egallagan. Anna Sivelevaning tug'ishgan akasi Mixail Putin "Gazprom"da yuqori lavozimda ishlamoqda

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Filippinda tarixidagi eng halokatli toʻfonlardan biri yuz berdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 17:28

    Filippinda tarixidagi eng halokatli toʻfonlardan biri yuz berdi

    Mamlakat prezidenti "Kalmayegi" to‘foni qurbonlari soni 140 nafardan oshgani sababli mamlakatda favqulodda holat joriy qildi

    '“103” xizmatida “online-shifokor” tizimi joriy etiladi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 17:08

    “103” xizmatida “online-shifokor” tizimi joriy etiladi

    2026 yildan boshlab tez tibbiy yordam chaqiruvlari online konsultatsiya orqali amalga oshiriladi.

    'Xitoy 2026 yilda to‘rtta kosmik missiya amalga oshiradi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 14:15

    Xitoy 2026 yilda to‘rtta kosmik missiya amalga oshiradi

    Kelasi yilda Xitoy yangi avlod boshqariladigan kosmik kemasini ilk bor orbitaga uchirishni rejalashtirmoqda.

    'Isroil vaziri yahudiylarni Nyu-Yorkdan ketishga chaqirdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 13:29

    Isroil vaziri yahudiylarni Nyu-Yorkdan ketishga chaqirdi

    Nyuyork meri etib musulmon siyosatchi saylangach, Isroil vaziri shahardagi yahudiylarni Isroilga ko‘chib o‘tishga undadi.

    'AQSh hukumati 36 kundan beri ishlamayapti'ning rasmi

    Dunyo Bugun 13:12

    AQSh hukumati 36 kundan beri ishlamayapti

    Kongress byudjet masalasida kelisha olmagani sababli hukumat faoliyati toʻxtab, minglab xodimlar maoshsiz qolgan.

    'Belgiyada "Barcelona" muxlislari ichida bo'lgan avtobus yonib ketdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 12:46

    Belgiyada "Barcelona" muxlislari ichida bo'lgan avtobus yonib ketdi

    Hozirda ushbu mudhish hodisaning sabablari o‘rganilmogda.