AsosiyJamiyat

Andijonda bir guruh qizlar tengdoshini samosud qildi

Viloyat IIV holati yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.

'Andijonda bir guruh qizlar tengdoshini samosud qildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida bir qizni boshqa qizlar guruh bo‘lib kaltaklashgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rasmiy ma’lumot berdi.

Berilgan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning 7 noyabr kuni Andijon shahrining Mustaqillik mahallasida joylashgan 6-sonli ko‘p qavatli uyning oldida ushbu mahallada yashovchi voyaga yetmagan E.M. o‘ziga tanish bo‘lgan Shurbuloq mahallasida istiqomat qiluvchi voyaga yetmagan YU.D. bilan o‘zaro kelishmovchilik sababli janjallashgan. Ushbu kelishmovchilikka YU.D. bilan birga kelgan voyaga yetmagan dugonalari Sh.B, A.I, va I.M. ham aralashib, ular E.M.ga tan jarohati yetkazgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Bundan tashqari, voyaga yetmaganlar YU.D, Sh.B, A.I, va I.M.ning ota-onalariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi (bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) bilan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar