AsosiyJamiyat

Toshkentda belgilanganmagan joyga chiqindi tashlaganlarga 2 mlrd so‘m jarima qo‘llanildi

Bugungacha chiqindi bilan bog'liq 3,5 mingdan ortiq qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

'Toshkentda belgilanganmagan joyga chiqindi tashlaganlarga 2 mlrd so‘m jarima qo‘llanildi'ning rasmi

Joriy yilning 7 noyabr holatiga ko‘ra, chiqindilar bilan bog‘liq 3 696 ta qonunbuzilish holati aniqlandi, huquqbuzarlarga nisbatan jami 2 milliard so‘mlik ma’muriy jarimalar qo‘llangan. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Hokimlik ma’lumotlariga ko‘ra, "Xalq nazorati" platformasi orqali fuqarolardan ekologiyaga oid 62 863 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shulardan 60 906 tasi hal etilgan.

Shuningdek, 812 ta maxsus texnika yordamida 585 ta mahalla hududidan 14 ming tonna maishiy va qattiq chiqindilar chiqarilib, poligonlarga joylashtirilgan. 8 573 ta ko‘p qavatli uylar hududi tozalandi, 2 890 tup daraxt parvarish qilinib, dekorativ shakl berilgan.

Gidroob’yektlar bo‘yicha ham ishlar amalga oshirilib, 12 ta hududda 10 km suv hududlari, kanal va daryolar 315 tonna chiqindidan tozalandi. Shuningdek, 594 ta ob’yektda sanitariya holati tekshirilib, aniqlandan 365 ta kamchilik bartaraf etildi.

Ekologik tartib-intizomni kuchaytirish maqsadida hokimlik tomonidan “Toza hudud” va “Toza poytaxt” loyihalari doirasida maxsus shtab tashkil etilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Surxondaryoda maktab direktori o‘zini yoqib yubormoqchi bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:19

    Surxondaryoda maktab direktori o‘zini yoqib yubormoqchi bo‘ldi

    Bunga direktorning lavozimdan olingani sabab bo‘lgan.

    'Samarqandda hokim yordamchisi va advokat pora bilan qo'lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:01

    Samarqandda hokim yordamchisi va advokat pora bilan qo'lga tushdi

    Ushbu mansabdor shaxslar avval ham sudlangan boʻlib, hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlandi.

    'Toshkent viloyatidagi ishlab chiqarish sexida yirik yong‘in chiqdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:54

    Toshkent viloyatidagi ishlab chiqarish sexida yirik yong‘in chiqdi

    5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga etib borgan. Yong‘inni o‘chirishga bir soatdan ko‘proq vaqt sarflangan.

    'Rossiya armiyasida jang qilgan o‘zbekistonlik erkak qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:07

    Rossiya armiyasida jang qilgan o‘zbekistonlik erkak qamaldi

    50 yoshli namanganlik erkak mina portlashi oqibatida jarohatlanib, Oʻzbekistonga qaytgan.

    'Andijonda bir guruh qizlar tengdoshini samosud qildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:05

    Andijonda bir guruh qizlar tengdoshini samosud qildi

    Viloyat IIV holati yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.

    'Bugun havo harorati 15 daraja iliq bo‘ladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:13

    Bugun havo harorati 15 daraja iliq bo‘ladi

    8 noyabr kungi ob-havo maʼlumotlari eʼlon qilindi.