AsosiyDunyo

Dunyo boʻyicha jurnalistlar oʻldirilishining 85 foizi ochilmay nomaʼlum qolmoqda

Jurnalistlar o‘ldirilishining eng ko‘p tasdiqlangan holatlari arab davlatlarida.

'Dunyo boʻyicha jurnalistlar oʻldirilishining 85 foizi ochilmay nomaʼlum qolmoqda'ning rasmi

Butun dunyoda jurnalistlar o‘ldirilishi holatlarining o‘ndan to‘qqiztasi ochilmay qolmoqda. Bu haqda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh "Jurnalistlarga qarshi jinoyatlar uchun jazosizlikka barham berish xalqaro kuni" munosabati bilan yo‘llagan murojaatida ma’lum qildi.

"Men Gazoda jurnalistlarning o‘ldirilishini qoralayman, ularning ko‘pligidan g‘azablanman va mustaqil hamda xolis tergov o‘tkazishga chaqiraman. Xalqaro jurnalistlarning Gazoga kirishiga to‘sqinlik qiluvchi taqiq mutlaqo qabul qilinishi mumkin emas", — deydi Antoniu Guterresh.

Jurnalistlar o‘ldirilishining eng ko‘p tasdiqlangan holatlari arab davlatlarida (82), Lotin Amerikasi va Karib havzasi mamlakatlarida (34), Afrikada (5), Osiyo-Tinch okeani mintaqasida (30) hamda Yevropa va Shimoliy Amerikada (12) qayd etilgan.

"Chegarasiz muxbirlar" tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yildan 2025-yilgacha kamida 1163 nafar jurnalist hibsga olingan, ularndan 568 nafari 48 mamlakatda hali ham hibsda qolmoqda.

BMT Bosh kotibining fikricha, davlatlar tezkor, puxta, xolis va mustaqil tergov yo‘li bilan jurnalistlarni o‘ldirganlik uchun jazosiz qolishga chek qo‘yishi kerak.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Londonda xatolik tufayli jazoirlik erkak qamoqdan ozod qilindi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 19:30

    Londonda xatolik tufayli jazoirlik erkak qamoqdan ozod qilindi

    24 yoshli erkak so‘nggi ikki yilda 11 ta jinoyiy ishda ishtirok etgan.

    'Qozoqistonlik o'qituvchilar ChatGPT'dan bepul foydalanadi'ning rasmi

    Dunyo 07.11.2025 17:46

    Qozoqistonlik o'qituvchilar ChatGPT'dan bepul foydalanadi

    Qozogʻiston hukumatı OpenAI bilan taʼlim tizimida sunʼiy intellektni joriy etish boyicha memorandum imzoladı.

    'Kaddafiyning o‘g‘li Hannibal ozod qilindi'ning rasmi

    Dunyo 07.11.2025 17:25

    Kaddafiyning o‘g‘li Hannibal ozod qilindi

    Hannibal 2015 yildan beri hibsda edi.

    'Filippindan keyin "Kalmegi" tayfuni Vyetnamga ham yetib bordi'ning rasmi

    Dunyo 07.11.2025 16:57

    Filippindan keyin "Kalmegi" tayfuni Vyetnamga ham yetib bordi

    Tabiiy ofat ortidan kamida besh kishi halok bo‘lgan, yana yetti nafar jarohat olgan.

    'Tesla Ilon Maskni 1 trln dollar bilan mukofotlashni ma'qulladi'ning rasmi

    Dunyo 07.11.2025 15:47

    Tesla Ilon Maskni 1 trln dollar bilan mukofotlashni ma'qulladi

    Tesla investorlari kompaniya rahbari Elon Maskni boshqaruvidagi yutuqlari uchun deyarli bir trillion dollarlik mukofotga lo‘yiq deb topdi.

    'Imperatorning yoʻqolgan olmasi 100 yildan keyin topildi'ning rasmi

    Dunyo 07.11.2025 15:01

    Imperatorning yoʻqolgan olmasi 100 yildan keyin topildi

    1918 yildan beri yo'qolgan deb hisoblangan Florensiya olmosi Kanadaning Kvebek shahridagi bank omboridan topildi.