O'zbekiston milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Temur Kapadze o'zining instagram sahifasida jamoa bilan xayrlashdi.
"Milliy jamoadagi faoliyatim nihoyasiga yetdi. Bu yillar hissiyotlar, g'alabalar va unutilmas tajribalar bilan to'la bo'ldi. Futbolchilar, jamoa shtabi va federatsiyaga ishonch va hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiraman. Ayniqsa, muxlislarga — doimiy qo'llab-quvvatlov, energiya va jamoaga bo'lgan ishonchi uchun katta rahmat. Bu jamoaning bir qismi bo'lganimdan faxrlanaman. Jamoaga kelgusidagi o'yinlarda omad va yangi yutuqlar tilayman", deb yozadi Kapadze.
Ma'lumot uchun, Kapadze 2025 yilning yanvar oyidan 6 oktabrgacha milliy terma jamoani boshqargan. Shu davrda u 9 ta uchrashuv o'tkazib, 5 tasida g'alaba, 4 tasida esa durang qayd etgan. Keyinchalik Kapadze O'zbekiston terma jamoasining amaldagi bosh murabbiyi Fabio Kannavaroga yordamchi bo'lib faoliyat olib bordi.






