AsosiyDunyo

Andijonda sobiq sudya firibgarlik va pora berish uchun 10,5 yilga qamaldi

Xonobod shahar sudining sobiq raisi firibgarlik va pora berish jinoyatida aybdor deb topilib, uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

'Andijonda sobiq sudya firibgarlik va pora berish uchun 10,5 yilga qamaldi'ning rasmi

Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidovning ma’lum qilishicha, Yunusjon Egamberdiyevga nisbatan jinoyat ishi Oliy sudning jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida ko‘rib chiqilib, 17 oktabrdа hukm chiqarilgan.

51 yoshli sobiq sudiya Jinoyat kodeksining 25-moddasi (jinoyatga tayyorgarlik), 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) hamda 25,211-moddasi 3-qismi “a” bandi (pora berish)da nazarda tutilgan jinoyatlarda aybdor deb topilgan.

Egamberdiyev 2,5 yil davomida mansab lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum etildi va 10,5 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, u joriy yil may oyida sudlangan shaxsning onasidan jazo muddatini qisqartirishni va’da qilib, 30 ming dollar olgan paytda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olingan.

Yunusjon Egamberdiyev 2013–2018 yillarda Asaka tuman sudi sudiyasi sifatida faoliyat yuritgan, keyinchalik advokat bo‘lib ishlagan va 2024 yil dekabrda Xonobod shahar sudi raisi lavozimiga tayinlangan edi.

    Boshqa yangiliklar