Xalqaro mutaxassislar qaydicha, bu virusning keng tarqalishi mamlakatda emlash darajasining pasayishi bilan bog‘liq. 2025 yil davomida 5 138 ta kasallanish va 2 ta o‘lim holati ro‘y bergan. Halok bo‘lganlar homiladorlik paytida virus yuqtirib, muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlardir.
Qizamiq yuqori isitma va toshmalar bilan boshlanadi, ko‘p hollarda tuzaladi, ammo bolalar va 30 yoshdan oshgan kattalarda jiddiy asoratlari bo‘lishi mumkin. Mutaxassislar oddiy emlash orqali kasallikdan himoya qilish mumkinligini eslatadi.
Braun universiteti olimi Jennifer Nuzzo bu holatni “tashvishli va uyatli” deb baholadi. Amerikaning ko‘plab davlatlari oldin qizamiqdan holi maqomini olgan bo‘lsa-da, Kanadadagi holat shu maqomni qayta ko‘rib chiqishga sabab bo‘lmogda.






