AsosiyDunyo

Yevropa Rossiya bilan muloqotni tiklaydimi?

Finlandiya prezidenti Yevropa Ittifoqi kelajakda Rossiya bilan aloqalarni tiklashi muqarrarligini aytdi.

'Yevropa Rossiya bilan muloqotni tiklaydimi?'ning rasmi

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu jarayon vaqt talab qiladi, ammo muayyan bosqichda va mos shaklda muloqot qayta yo‘lga qo‘yiladi. Shu bilan birga, Stubb Rossiya bilan bo‘ladigan har qanday muzokaralar Yevropa mamlakatlari o‘rtasida kelishilgan holda olib borilishi zarurligini ta’kidladi. Avvalroq Finlandiyaning sobiq prezidenti Sauli Niinistö ham Yevropani Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatishga chaqirgandi, biroq mamlakat tashqi ishlar vaziri Elina Valtonen bunga hali “erta” ekanini bildirgan edi.

    Boshqa yangiliklar