CNN xabar berishicha, moliyalashtirish to‘g‘risidagi qonun Kongressdagi uzoq muzokaralardan so‘ng Respublikachilar va Senatdagi mo‘tadil demokratlar o‘rtasidagi kelishuv asosida qabul qilingan.
Hujjat hukumatni yanvargacha moliyalashtirishni, ayrim agentliklar uchun esa 2026-moliyaviy yili oxirigacha mablag‘ ajratishni nazarda tutadi.
Qonun kuchga kirishi bilan "shatdaun" davomida maoshsiz qolgan davlat xizmatchilari ishga qaytdi va to‘lanmoy oyliklar ularga qoplab berildi.
Trump imzo marosimida bu qarorni "Demokratlar ustidan g‘alaba" deb atadi va ularni "shantaj orqali bosim o‘tkazishda" aybladi.
"Ular oson yo‘lni tanlamadi va endi juda yomon ko‘rinishdi", — dedi Trump.
Shu bilan birga, Demokratlar partiyasi qonunni tanqid qilib, "Obamacare" dasturidagi soliq imtiyozlari tugashi amerikaliklar uchun tibbiy sug‘urta xarajatlarini oshirishi mumkinligini ta'kidladi.
Spiker Mayk Jonson esa ayrim bahsli moddalar keyinchalik qayta ko‘rib chiqilishiga va'da berdi.
Ma'lumot uchun, "shatdaun" — Kongress byudjetni o‘z vaqtida qabul qilmaganida hukumat faoliyatining vaqtincha to‘xtatilishi hisoblanadi. Bu davrda ko‘plab davlat idoralari yopiladi, xizmatchilar maoshsiz qoladi.
2025 yilgi "shatdaun" 30 sentyabrdan 12 noyabrgacha, ya'ni 43 kun davom etdi — bu AQSh tarixidagi eng uzoq tanaffus bo‘ldi.






